boshlangichtalim.uzQo'ng'iroq uchun: + 998 94 918-08-40
  • Ijtimoiy tarmoqlar :

ELEKTRON POCHTA, DDARSLIK,......

  • 08-01-2024, 22:26
  • 89
(E-MAIL) ELEKTRON POCHTA — elektron pochta kompyuter tarmog‘i. Internet va boshqalar yordamida xabarlarni uzatish usuli. Axborotlar elektron pochta qutisiga tushadigan va undan so‘ng o‘z manziliga yetkaziladigan, foydalanuvchilar uchun maxsus aloqa xizmati turi.
ELEKTRON DARSLIKLAR (ED) — bilim oluvchilar tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarni rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan elektron o‘quv adabiyotlari. EDlarda ovoz, animatsiya va grafik tasvirlar ham qo‘llanilishi mumkin.ED ma’ruzalarda turli didaktik materiallar, o‘zini o‘zi nazorat qilish uchun testlar va savollar, tayyorlanganlik darajasiga muvofiq turlicha murakkablikdagi topshiriqlar taqdim qilinishi mumkin. EDdan foydalanib, ilmiy ishlar, ilmiy seminarlar va konferensiyalar uchun tegishli materiallar tayyorlash imkoniyati bor.
ELEKTRON HUJJAT — inson tomonidan mos ravishdagi dastur va asbob vositalari orqali qabul qilinadigan, kompyuter xotirasidagi berilganlar majmuasi.O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, uyushmalari, agentliklari, kompaniyalari va boshqa markaziy davlat idoralari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etishni tartibga soladi. «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonun 19 moddadan iborat. Har bir moddasi sharhi bilan belgilangan.
ELEKTRON HUKUMATI — ushbu tizimning turlicha ta’riflari mavjud bo‘lib, uning asl mazmuni va mohiyatini bilish maqsadida bu ta’riflardan bir nechtasini keltirish mumkin: • davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari; • davlat tomonidan xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish; • davlat boshqaruvida axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni hamda hokimiyatning barcha darajalaridagi davlat organlarining fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni elektron vositalar asosida tashkil etish va h.k.
ELEKTRON KUTUBXONA — axborot tizimi. Unda hujjatlar (maqolalar, monografiyalar, hisobotlar, referatlar va shu kabilar), odatda, mashina. tashuvchilarida elektron to‘la matnli shaklida saqlanib va foydalanuvchilarga ularning so‘rovlari bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimda taqdim qilinadi. Ko‘pincha bu hujjatlarning matnlari foydalanuvchilarga elektron pochta orqali uzatiladi.