ZIYONET
«ZIYONET» AXBOROT TARMOG‘I — O‘zbekistonda ta’lim va yoshlar yo‘nalishidagi axborot resurslarini tizimga soluvchi axborot tarmog‘i. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-sentabrdagi Qarori bilan tashkil etilgan. Mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar va boshqa ilmiy,ta’lim, madaniy-ma’rifiy muassasalarni xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan, Internet tarmog‘iga ulash faqat «ZiyoNet» axborot tarmog‘i orqali amalga oshiriladi