INTERNET, INTRANET, IP, ISSN,…..
INTERNET — jahon bo‘yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan yaxlit tarmoq bo‘lib, unda yagona «til» — andoza qoidalari majmuyi asosida axborot almashadilar. Uning nomi «Xalqaro tarmoq» ma’nosini anglatadi. Millionlab kompyuterlarni, millionlab uyali telefonlarni o‘zaro birlashtirilmoqda. Internetning dastlabki varianti AQSH Mudofaa vazirligining buyurtmasiga muvofiq, 1960-yilning oxirlarida istiqbolli tadqiqotlar agentligi ya’ni ARPANET (Advansed Research Projects Agency Network) mazkur kompyuterlarni bog‘lash va maxfiy bo‘lgan topshiriqlarni uzatish uchun kerak bo‘lgan. Internet yagona markazdan boshqarilmaydi. 1970-yilda AQSHning Kaliforniya shtatida 4 ta kompyuterni o‘zaro bog‘lagan.
INTERNET PORTALI — foydalanuvchilarga Internet orqali kerakli axborotni izlashda yordam beruvchi sayt. Ba’zan bunday saytlar navigatsiya saytlari deyiladi.
INTERNET PROTOKOLI — kompyuterlar orasida axborot almashinuviga javob beradi. Internet protokol manzili — kompyuterlarga berilgan aksariyat hollarda 32 bitdan tashkil topgan bo‘lib, Internetga ulangan kompyuterning manzilini aniqlaydi.
INTERNET PROVAYDERI — foydalanuvchilarga Internetdan erkin foydalanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya.
INTERNET SERVER — xohlagan kerakli Internet xizmatlar faoliyatini ta’minlovchi texnikaviy va dasturiy vositalar: http (sayt), E-mail (elektron pochtasi), anjumanlar, ftp va h.k.lar. Saytni Internetda joylashtirish uchun kamida http xizmatini qo‘llab-quvvatlovchi Internet serveri zarur.
INTERNETGA AXBOROT QIDIRISH TIZIMLARI — Internetda axborot qidirish tizimlariga quyidagilarni misol qilsa bo‘ladi:YAHOO, LYCOS, EXSITE, GOOGLE, RAMBLER, YANDEX, APORT va h.k.lar.
INTERNETDAGI MANZIL — fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil. Internetdagi manzil, odatda, 4 ta elementdan iborat: resursdan erkin foydalanish bayonnomasi, masalan, http:// resursni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot nomi bilan bir xil bo‘lgan server nomi; resursni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot turini belgilovchi qo‘shimcha, Internetdagi manzil, shuningdek, URL (Uniform Resource Locator) manzili deb ham ataladi.
INTRANET — Internet tarmog‘i mahsulotlari va texnologiyalardan foydalanuvchi va korporativ axborot resurslariga o‘z foydalanuvchilarining kirishini ta’minlovchi idora, tashkilot va boshqalarning hisoblash tarmog‘i.
IP (INTERNET PROTOCOL) INTERNET — TSP/IP bayonnomalari yig‘masidan iborat tarmoq pog‘onasining bayonnomasi. IP bayonnomada tarmoqdagi har bir kompyuterga to‘rt xonalik IP manzil (4 bayt) mos qo‘yiladi.
IPS XIZMATI (INTERNET RELAY CHAT) — bu xizmat real vaqt mobaynida bir nechta kishilarni o‘zaro to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ayrim hollarda IRS xizmatini chat konferensiya yoki oddiy chat deb ham ataladi.
ISBN (INTERNATIONAL STANDART BOOK NUMBER) — kitoblarning xalqaro standart raqami.
ISSN (INTERNATIONAL STANDART SERIAL NUMBER) — davriy nashrlarning xalqaro standart raqami. Bir-biridan birmuncha uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq.